Inklyuziv universitetlar sari - O’zbekistonda imkoniyatlarni kengaytirish

2022 yil 17-may
Toshkent, O’zbekiston

 

“Inklyuziv universitetlar sari - O’zbekistonda imkoniyatlarni kengaytirish” mavzusiga bag’ishlangan konferensiya Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qoʼmitasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekistondagi Britaniya kengashi, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) va Buyuk Britaniyadagi Vestminster universiteti bilan hamkorlikda o’tkaziladi. 

Ushbu konferensiyada O’zbekistonda inklyuziv oliy ta’limni yanada rivojlantirish va qo’llab quvvatlash, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) uzluksiz amalga oshirish, shuningdek O’zbekistondagi inklyuziv institutsional muhitning asosiy yo‘nalishlari, ustuvorliklari va keyingi qadamlarini aniqlash mavzularini muhokama qilish maqsad qilingan.

Konferensiya mavzulari / bo’limlar quyidagilar:

  • Inklyuziv O’quv Dasturi
  • Inklyuziv OTMda yetakchilikni rivojlantirish
  • Inklyuziv talabalarni qo’llab-quvvatlash va ko’nikmalarni rivojlantirish
  • Inklyuziv institutsional madaniyat: barcha uchun

Tadbirda asosan ayol-qizlar, nogironlar, maxsus ta’limga muhtoj aholi va kam ta’minlangan oilalarni ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish bilan bog’liq masalalar ko’rib chiqiladi. Konferensiya seminarlarda ba'zi bir amaliy ishlar (case study) va to'siqlar misollari muhokama qilinadi va ularni bartaraf etish yo'llari ko'rib chiqiladi.

Konferensiya gibrid shaklda TXVU binosida bo’lib o’tadi. Tadbir ingliz va o’zbek tillarida sinxron tarjima bilan ta’minlanadi.

Virtual ishtirokchilar konferentsiyada quyidagi havola orqali ishtirok etishlari mumkin:

https://us02web.zoom.us/j/89825189225?pwd=RTIydUZad0dJVnExblljUlQvSk0wdz09

yoki Zoom Meeting ID dan foydalanishlari mumkin : 898 2518 9225

Parol: 170522


Anjuman tashkilotchilari tadbirni inklyuziv, muvofiq va xavfsiz o'tkazish majburiyatini oladi. Shu maqsadlarni olg’a surgan holda, Tashkilotchilar Anjuman Axloq kodeksini butun tadbir davomida qo'llab quvvatlaydi. Biz barcha ishtirokchilardan hamma uchun birday xavfsiz muhitni ta'minlashda yordam berishlarini va hamkorlik qilishlarini kutib qolamiz.

TASHKILOTCHILAR

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) Buyuk Britaniya (UK) malakasiga ega bo’lgan Markaziy Osiyoda birinchi G’arb taʼlimini taklif etuvchi O’zbekistondagi xalqaro universitetdir. TXVUning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo hamjamiyatlari hamda Global hamjamiyatning intellektual, ijtimoiy va kasbiy rivojlanishiga hissa qo’shadigan xalqaro standartlarga javob beradigan taʼlim va tadqiqot imkoniyatlarini taqdim etishdan iborat. TXVU konferensiya mezboni, shuningdek BMTning Barqaror rivojlanish yechimlari tarmogʻi (SDSN), Xalqaro universitetlar assotsiatsiyasi va Advance Higher Education (Buyuk Britaniya) aʼzosi.

Britaniya Kengashi Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar insonlari o’rtasida san’at va madaniyat, ta’lim va ingliz tili orqali o’zaro munosabatlar, hamjihatlik va ishonchni o’rnatadi.

Biz yoshlarga o’z salohiyatini ro’yobga oshirish, kuchli va inklyuziv jamiyatlarda ishtirok etish uchun izlayotgan ko’nikmalar, ishonch va aloqalarni egallashga yordam beramiz. Biz ularni ingliz tilini o’rganishlarida, yuqori sifatli ta’lim olishlarida va xalqaro miqyosda tan olingan malakaga ega bo’lishlarida qo’llab-quvvatlaymiz. Bizning san’at va madaniyat sohasidagi faoliyatimiz ijodiy ifoda va almashinuvni rag’batlantiradi va ijodiy tashabbusni rivojlantirishga qaratilgan.

O’zbekistondagi Britaniya Kengashi markazi 1996-yilda tashkil etilgan bo’lib, O’zbekiston aholisiga Buyuk Britaniya va butun dunyo ma’lumotlaridan, g’oyalaridan va tajribalaridan foydalanish imkoniyatini berish orqali ilm olish va rivojlanish imkoniyatlarini yaratishni maqsad qilgan.

Vestminster universiteti (UoW) Londondagi birinchi politexnika universiteti va Buyuk Britaniyadagi birinchi universitetlar qatorida Londondagi ishchi aholini o’qitish uchun tashkil etilgan. Universitet uzoq va tahsinga sazovor xalqaro hamkorlik tarixiga ega. Bugungi kunda Vestminster universiteti kelib chiqishi turlichabo’lgan insonlarga o’zlarining haqiqiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishlari uchun asosli, to’laqonli ta’lim berishda davom etmoqda.

+998 71 2387415

Search